Muhammad Sharif tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Rasmlar
Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli yozuvchi, tarjimon, adabiyotshunos va noshir, “Do‘stlik” ordeni sohibi Boboxon Muhammad Sharif tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman hamda badiiy kecha o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, Urganch davlat universiteti rahbariyati, Filologiya va san’at fakulteti professor-o‘qituvchilari, yozuvchining zamondoshlari, do‘stlari, yaqinlari hamda talabalar ishtirok etdilar. Mazkur ilmiy-amaliy anjumanda professor Adhambek Alimbekov, shoir va tarjimon Tohir Qahhor, shuningdek “Sharq yulduzi” va “Звёзда Востока” jurnallarining bosh muharriri Sirojiddin Rauf mehmon sifatida qatnashdi.
Boboxon Muhammad Sharif tavallud kechasida Yangiariq tuman Axborot-kutubxona markazi direktori Manzura Yusupova ham ishtirok etdi.
Video mavjud emas.