09 Oktabr 2025, 15:25

Abu Ali Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asari yuzasidan “Zakovat” intellektual bellashuvi o‘tkazildi.

Rasmlar

Rasm
Rasm

G‘arbda bag‘oyat mashhur alloma Al-Husayn ibn Abdulloh ibn Al-Hasan ibn Ali Ibn Sino — buyuk olim, tabib, musiqachi. U O‘rta Osiyo va Eronda yashagan bo‘lib, turli hukmdorlar davrida tabib va vazir sifatida faoliyat yuritgan. Joriy yilda buyuk mutafakkir Abu Ali Ibn Sinoning tavalludiga 1045 yil to‘ldi.Shu munosabat bilan Yangiariq tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tumandagi 40-sonli umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “O‘rta asrning buyuk dahosi” mavzusida Abu Ali Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asari yuzasidan “Zakovat” intellektual bellashuvi o‘tkazildi.
Bellashuv yakunida “Bilimdonlar” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Tadbir davomida o‘quvchilar buyuk allomaning ilmiy merosi, tibbiyot sohasidagi bebaho hissasi va dunyo ilm-faniga qo‘shgan ulkan xizmatlari haqida keng ma’lumotga ega bo‘lishdi.

Video mavjud emas.

Muhim
Ulashing: