21 Oktabr 2025, 14:12

Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!

Rasmlar

Rasm

Ayni kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 36 yillik bayrami keng miqyosda nishonlanmoqda. Xususan, shunday bayramlardan biri bugun Yangiariq tumanida ham bo‘lib o‘tdi.
Tumandagi “Yangiyer” madaniyat markazida o‘tkazilgan bayram tadbirida tumandagi umumta’lim maktablarining o‘qituvchi va o‘quvchilari, axborot-kutubxona markazi xodimlari, shuningdek, madaniyat va san’at vakillari ishtirok etdilar. Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan bahribayt, tillar uchrashuvi, g‘azalxonlik, sahna ko‘rinishi va ajoyib raqslar yig‘ilganlarga yuqori kayfiyat ulashdi. Bundan tashqari, madaniyat bo‘limi vakillarining bir-biridan diltortar
kuy-qo‘shiqlari tadbirga yanada fayz baxsh etdi. Tadbir so‘ngida esa bayramni yuqori saviyada o‘tkazishda o‘zining munosib hissasini qo‘shgan faol qatnashuvchilar tuman hokimligining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Video mavjud emas.

Muhim
Ulashing: