Ijod va ilhom kechasi
Rasmlar
Kecha Yangiariq tuman Qo‘riqtom qishlog‘i Madaniyat markazida joylashgan 1-ko‘chma kutubxonada ijodiy uchrashuv kechasi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda iste’dodli shoira, tarixchi, o‘lkashunos jurnalist, qadimiy Xorazm tarixi va o‘tmishdagi ulug‘ siymolar haqida bir qator kitoblar muallifi, “To‘maris” jamoat fondi rahbari hamda “To‘maris avlodi” jurnali bosh muharriri Sharqiya Eshchanova, shuningdek, Qoraqalpog‘iston va Xorazmda “Anamaqom” rutbasi bilan ijod qilayotgan Gulbahor Jumaboyeva mehmon bo‘lishdi.
Tadbirni Yangiariq tuman Axborot-kutubxona markazi direktori Manzura Yusupova ochib berdi.
Uchrashuv davomida Sharqiya Eshchanovaning yangi kitoblari taqdimoti ham o‘tkazildi.
Tadbir ishtirokchilari shoira va ijodkorlar bilan samimiy suhbatlashib, ularning ijodidan ilhom oldilar.
Video mavjud emas.