“Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
Rasmlar
Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida viloyat, tuman, shahar AKMlari mutaxassislari o‘rtasida “Yilning eng yaxshi Axborot-kutubxona mutaxassisi” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Markazimiz direktori Rahimboy Qurbonov tanlov hakamlar hay'atiga raislik qildi. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxona mas'ul xodimi Matluba Mirhojayeva, markazimiz direktori o‘rinbosarlari Mavluda Qurbanbayeva, Bobur Karimov, ilmiy-metodika xizmati rahbari Shuhrat Matkarimov va boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi a'zosi Klara Rajabovalar hakamlar hay'ati a'zolari bo‘ldilar. Milliy kutubxona mas'ul xodimi Matluba Mirhojayeva tanlovni ZOOM dasturi orqali kuzatib, ishtirokchilarning chiqishlarini baholab bordi.
Tadbirda so‘z olgan viloyat AKM direktori Rahimboy Qurbonov “Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi” ko‘rik-tanlovining maqsad va vazifalari haqida gapirib, ishtirokchilarga mufaffaqiyat tiladi.
Ishtirokchilar kitoblarni interaktiv usullarda targ‘ib qilish, bahru bayt, kutubxonada amalga oshirilgan loyiha taqdimoti, test sinovi shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Ko‘rik-tanlov natijalariga ko‘ra 1-o‘rinni Xonqa tuman axborot-kutubxona markazi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati rahbari Dostonbek Olloquliyev, 2-o‘rinni Shovot tumani axborot-kutubxona markazi Axborot biblografiya xizmati bibliografi Maftuna Quronbayeva, 3-o‘rinni viloyat axborot-kutubxona markazi Axborot-kutubxona texnologiyalari bo‘yicha mutaxassisi Muxriddin Nuraddinov egalladi. Barcha ishtirokchilarga “Faxriy yorliq” taqdim qilindi, birinchi o‘rinni egallagan ishtirokchiga esdalik sovg‘asi berildi.
G‘oliblikni qo‘lga kiritib, ko‘rik-tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanma olgan Dostonbek Olloquliyevga omad tilaymiz.
Video mavjud emas.