07 Noyabr 2025, 10:01

E'lon “INFOLIB O‘ZBEKISTON”

Rasmlar

Rasm

Hurmatli kitobxonlar!
Sizni 10-noyabrdan 14-noyabr kunlari Xonqa tumani axborot-kutubxona markazida bo‘lib o‘tadigan “INFOLIB UZBEKISTAN – 2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligiga taklif etamiz!
Bu haftalik – yurtimizda kutubxona ishi, axborot texnologiyalari va raqamli madaniyat sohalarida erishilgan yutuqlarni namoyish etuvchi yirik madaniy-ma’rifiy tadbirdir.
“INFOLIB UZBEKISTAN” – bu nafaqat kutubxonachilar, balki kitobsevarlar, yosh tadqiqotchilar, axborot mutaxassislari va ijodkorlar uchun yangi g‘oyalar, innovatsiyalar va hamkorlik maydonidir. Haftalik davomida sizni qiziqarli uchrashuvlar, seminarlar, taqdimotlar, o‘quv mashg‘ulotlari va madaniy dasturlar kutmoqda.

Video mavjud emas.

Muhim
Ulashing: