10 Noyabr 2025, 18:02

“INFOLIB O‘ZBEKISTON – 2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasidagi “Kitobsevar yoshlar — yurt kelajagi” mavzusi ochilish tadbiri ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Rasmlar

Rasm
Rasm
Rasm
Rasm

Bugun Yangiariq tuman Axborot-kutubxona markazida “INFOLIB O‘ZBEKISTON – 2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasidagi “Kitobsevar yoshlar — yurt kelajagi” mavzusi ochilish tadbiri ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.Haftalikning ochilish tadbirida tumandagi faol kitobxonlar, tuman hokimligi vakillari, ta’lim muassasalari o‘qituvchi va o‘quvchilari, shuningdek, mahalla faxriylari ishtirok etdilar. Tadbirni Yangiariq tuman Axborot-kutubxona markazi direktori Manzura Yusupova ochib berib, barcha kitobxonlarni haftalik bayrami bilan tabrikladi. U o‘z so‘zida yoshlarning kitob o‘qishga, bilim olishga va ma’naviy o‘sishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

Haftalik davomida turli yo‘nalishdagi madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Jumladan, “Zakovat” bellashuvlari, kitob ko‘rgazmalari, ma’naviy-ma’rifiy seminarlar, kitob taqdimotlari, viktorinalar hamda taniqli yozuvchi va shoirlar, ijodkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil etiladi.
Mazkur haftalik — yoshlarning kitobga, bilimga bo‘lgan mehrini yanada mustahkamlash, ularni yurt kelajagiga sadoqat va ma’naviyat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Video mavjud emas.

Muhim
Ulashing: