12 Noyabr 2025, 12:27

“INFOLIB O‘ZBEKISTON – 2025” XIV Milliy axborot-kutubxona haftaligi davom etmoqda.

Rasmlar

Rasm

Yangiariq tuman Axborot-kutubxona markazida kitob va kitobxonlikka bag‘ishlangan tadbirlar izchil davom etmoqda.Bugun “Bir adib haqida suhbat” loyihasi doirasida o‘tkazilgan navbatdagi tadbirimizda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhorning “O‘tmishdan ertaklar” asari muhokama qilindi.📖 9-son maktabning faol kitobxonlari o‘z taqdimotlari orqali asardan olgan taassurotlarini, hayotiy saboqlarini va yozuvchi ijodining ma’naviy ahamiyatini samimiyat bilan yoritib berdilar.
Bunday tadbirlar yosh avlod qalbida kitobga mehr uyg‘otadi, fikrlash doirasini kengaytiradi hamda milliy adabiyotimiz durdonalariga hurmat va e’tiborni oshiradi.

Video mavjud emas.

Muhim
Ulashing: