13 Noyabr 2025, 09:43

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi 2025” koʻrik-tanlovining Respublikabosqichi yakuniga yetdi

Rasmlar

Rasm

2025-yil 11-12-noyabr kuni

O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi 2025” koʻrik-tanlovining Respublikabosqichi yakuniga yetdi
 
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Toshkent shahar,viloyatlar va tuman axborot-kutubxona markazlari mutaxassislari ishtirok etdilar.

Axborot-kutubxona mutaxassislarining kasbiymalakasini oshirish va rivojlantirish,axborot-kutubxona mutaxassislarining innovatsion faoliyati,tashabbuslarini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash, mutaxassislarning ilg‘or ish tajribasini ommalashtirish, kutubxonachi kasbining ijobiy imidjini shakllantirish, axborot-kutubxona markazlari o‘rtasida ijtimoiy hamkorlik va sog‘lom raqobatni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan ko‘rik-tanlovda 15 nafar ishtirokchi kasbiy mahorat borasida kuchsinashdilar.

Ko‘rik-tanlov natijalariga ko‘ra ushbu faol ishtirok etgan nominantlar orasida Xorazm viloyati Xonqa tumani AKT xizmati rahbari Olloquliyev Dostonbek “Yil loyihasi” nominatsiyasida g‘olibiligni qoʻlga kiritdi.

Video mavjud emas.

Muhim
Ulashing: