YANGIARIQ TUMAN AXBOROT–KUTUBXONA MARKAZI “QATAG‘ON QURBONLARI XOTIRASI O‘CHMASDIR” “QATAG‘ON QURBONLARI -VATAN FIDOYILARI” mavzularidagi ko‘rgazmalar
Rasmlar
YANGIARIQ TUMAN AXBOROT–KUTUBXONA MARKAZI
“QATAG‘ON QURBONLARI XOTIRASI O‘CHMASDIR”
“QATAG‘ON QURBONLARI -VATAN FIDOYILARI”
mavzularidagi ko‘rgazmalar
Yangiariq tuman Axborot-kutubxona markazida tashkil etilgan mazkur ko‘rgazmalar yurtimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan fidoyi insonlar xotirasini yod etishga, ularning hayoti va ma’naviy merosini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan.
Qatag‘on qurbonlari-o‘z xalqining ravnaqi va ma’rifati yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan, millatning kelajagi uchun kurashgan, ammo nohaq ta’qib va zulmga duchor bo‘lgan insonlardir. Ularning ko‘pchiligi ilm-fan, adabiyot, madaniyat, ma’rifat va ijtimoiy hayotning yetuk vakillari bo‘lib, yurt taraqqiyoti yo‘lida beqiyos xizmat qilgan.
-Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi-xalqimiz boshidan o‘tgan og‘ir sinovlarni eslash,qatag‘on qurbonlari xotirasini e’zozlash,ularning ma’naviy merosini yosh avlod qalbiga singdirish,milliy o‘zlik, birlik va vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirishdir.
Fidoyi ajdodlarimizning adolat, ma’rifat va taraqqiyot yo‘lidagi g‘oyalari bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. Ularning ezgu maqsadlari, ilmiy va badiiy merosi, xalq uchun qilgan xizmatlari biz uchun ibrat maktabidir.Ularning xotirasi -millatning yuragi, ularning jasorati-Vatan oldidagi sadoqat timsolidir.Shu bois Yangiariq tuman Axborot-kutubxona markazi ushbu ko‘rgazma orqali qatag‘on qurbonlarining nomini yod etishni, ularning hayoti va ijodini keng targ‘ib qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi.
Xotira barhayot-xalq uni asragan holda yashaydi.
Video mavjud emas.