08 Dekabr 2025, 10:02

#Konstitutsiya_33 Mening konstitutsiyam – mening baxtnomam!

Rasmlar

Rasm

Mening konstitutsiyam – mening baxtnomam!

Osuda hayotu toza havosan,
Senmasmu otamning yo‘lin yoritgan?
Najotsan, ijobat bo‘lgan duosan,
Senmasmu onamning dardlarin artgan?
Mening konstitutsiyam - mening baxtnomam,
Mening saodatim, mening ahdnomam.
Sen borsan bog‘imga xazonlar kirmas,
Sen bor og‘u solmas hech kim oshimga.
Hech kim qamchi ushlab tappamda turmas,
Hech kim tosh yog‘dirmas aziz boshimga.
Mening konstatutsiyam - mening baxtnomam,
Mening saodatim, mening ahdnomam.
Baxtimga kafolat, fayzu-farog‘at,
Tinch o‘tgan har kunim ne’matdir menga.
Har bobing bezamish adlu- adolat,
Har satring oltindan qimmatdir menga.
Mening konstitutsiyam - mening baxtnomam,
Mening saodatim, mening ahdnomam.
Sen bor qanotimni hech kim qayirmas,
Sen bor judo etmas saodatimdan.
Sen borsan hech kimsa meni ayirmas,
Diniy e’tiqodim, ibodatimdan.
Mening konstitutsiyam - mening baxtnomam,
Mening saodatim, mening ahdnomam.
Xalqlar bor yurtida huquqi paymol,
Xalqlar bor bug‘zida faryodi, dodi.
Mening konstitutsiyam eng mukammali,
Mening konstitutsiyam – baxtlar kitobi.
Sen bor sindirolmas birorta nokas,
Kelinlar tebratgan beshiklarini.
Sen bor so‘ndiromas yillar to‘foni,
Yangi O‘zbekiston qo‘shiqlarini.
Mening konstitutsiyam - mening baxtnomam,
Mening saodatim, mening ahdnomam.
Toki sen bordirsan, qayg‘u yo‘lamas,
Iqbol qushchalari –bolalarimga.
Sen borsan nur yog‘ar abadul-abad,
Bobom yonboshlagan dalalarimga.
Mening konstitutsiyam - mening baxtnomam,
Mening saodatim, mening ahdnomam.
Sen borsan, bek bo‘lib qolajakmiz biz.
Dunyoga ko‘rk bo‘lib qolajakmiz biz,
Ulug‘ millat bo‘lib qolajakmiz biz,
Buyuk davlat bo‘lib qolajakmiz biz.

Zulfiya Mo‘minova
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan
madaniyat xodimi,
“Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi

Video mavjud emas.

Muhim
Ulashing: