Yangiariq tuman Axborot-kutubxona markazida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi o‘chmasdir” mavzusida ko‘rgazma tashkil etildi.
Rasmlar
Mustabid tuzum davrida million-million begunoh insonlarning umri xazon bo‘lganini, qancha-qancha oilalar xonavayron bo‘lib, qancha-qancha go‘daklar yetim qolganini tarix, bugungi va kelajak avlod hech qachon unutmaydi. Har bir millat va elatning o‘z tarixi bor. Tarix zamirida esa milliy o‘zlikni anglash, qadriyatlarga hurmat, ajdodlar xotirasiga ehtirom tuyg‘usi mujassam.El-yurtimiz ozodligi va erkinligi yo‘lida, xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusi, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizni himoya qilishda, bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi mashaqqatli kurashlarda qurbon bo‘lganlar xotirasi minnatdor avlodlar yodida abadiy saqlanib qoladi.
Video mavjud emas.