Kitob-umr yo‘llarini yorituvchi so‘nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh bo‘luvchi sodiq do‘stdir.
Rasmlar
Insonning ma’naviy kamolotini ta’minlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yo‘q.
Har oyining 17-sanasi “Kitobxon onalar” kuni sifatida nishonlanishi jamiyat hayotida kitobxonlik madaniyatini oshirish, xotin-qizlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, kitobxon onalar sonini ko‘paytirish orqali o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasining shakllanishiga xizmat qiladi.Yangiariq tumani Kattabog‘ qishlog‘i Jaloyil mahallasi kitobsevar onaxonlar mahallasidir. Jaloyil mahallasida “Kitobxon onalar — jamiyat ko‘rki” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida axborot-kutubxona markaziga kelgan yangi kitoblar targ‘iboti ham tashkil etildi. Ayniqsa, kitobsevar onaxonlarimiz — Hanifa ona Sobirova va Dilbar ona Avezovalar kutubxona tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlardan minnatdor ekanliklarini bildirdilar.
Video mavjud emas.