“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Rasmlar
Yangiariq tumanidagi 31-sonli umumta’lim maktabida tuman hokimligining diniy ishlar bo‘yicha mas’ul xodimi A. Eshmetov ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Tadbirda maktabning yuqori sinf o‘quvchilari ishtirok etdilar. Unda yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash, ularning ongini sog‘lom fikr, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.A. Eshmetov o‘z chiqishida jaholat va mutaassiblikka qarshi kurashishda ilm-ma’rifatning o‘rni beqiyos ekanini ta’kidlab, yoshlarni bilim olishga, kitobxonlikka va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lishga chaqirdi. Shuningdek, vijdon erkinligi va bag‘rikenglik tamoyillari haqida tushunchalar berib o‘tdi.Tadbir yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan atroflicha javob oldilar.Tadbirda Yangiariq tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan inson-huquqlariga oid turli mazmundagi adabiyotlar ko'rgazmasi tashkil qilindi. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning ongini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Video mavjud emas.