30 Dekabr 2025, 15:41

Yangi yil muborak bo‘lsin!

Rasmlar

Rasm

Hurmatli hamkasblar!
Yangi yil – bu yangi umidlar, ezgu niyatlar va katta maqsadlar faslidir. Ortga nazar tashlar ekanmiz, o‘tib borayotgan yil davomida Sizlarning fidokorona mehnatingiz, mas’uliyatli yondashuvingiz va jamoaviy birdamligingiz tufayli ko‘plab ezgu ishlar amalga oshirildi.
Kirib kelayotgan Yangi yil har biringizga mustahkam sog‘lik, oilaviy totuvlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka olib kelsin. Qalbingizdan quvonch, yuzingizdan tabassum arimasin. Oldingizga qo‘ygan barcha rejalaringiz ro‘yobga chiqib, ish faoliyatingizda yangi zafarlar, hayotingizda esa yorug‘ va barqaror kunlar sizga hamroh bo‘lsin.
Yangi yil Sizlarga yangi imkoniyatlar, yangi yutuqlar va yangi baxt eshiklarini ochib bersin!
Chin qalbdan bayram bilan tabriklaymiz!
Yangiariq tuman Axborot-kutubxona markazi jamoasi.

Video mavjud emas.

Muhim
Ulashing: