#Yangi_2026_yil_muborak_bòlsin 🎄
Rasmlar
Yangiariq tuman Axborot-kutubxona markazida kasaba uyushmasi tomonidan kirib kelayotgan 2026-yil munosabati bilan kutubxona xodimlari uchun bayram sovĝalari topshirildi.
Kasaba uyushmasi tomonidan tayyorlangan Yangi yil sovg‘alari jamoa a’zolariga tantanali ravishda topshirildi.Bayram tadbirida Axborot-kutubxona markazi direktori M. Yusupova so‘zga chiqib, yil davomida xodimlarning olib borgan mas’uliyatli va samarali mehnatini e’tirof etdi, jamoaga samimiy minnatdorlik izhor qildi hamda barcha xodimlarni yangi imkoniyatlar va yutuqlarga boy bo‘lishi kutilayotgan 2026-yil bilan qutladi. Shundan so‘ng Yangi yil sovg‘alari xodimlarga taqdim etildi.
Mazkur tashabbus jamoa o‘rtasida birdamlik va ahillik muhitini mustahkamlab, xodimlarga yangi yilni ko‘tarinki kayfiyat va ezgu niyatlar bilan kutib olishga zamin yaratdi.