12 Yanvar 2026, 15:34

2026-yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”

Rasmlar

Rasm

2026-yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”
deb e’lon qilinishi munosabati bilan Yangiariq tuman Axborot-kutubxona markazida “Vatan mahalladan boshlanadi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Tadbirda mahalla faollari, kitobxonlar hamda kutubxona xodimlari ishtirok etdi. Davra suhbatida.
O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Yangiariq tumani bo‘limi boshlig‘i Shomurotov Farhod Komilovich mazkur yilning ustuvor vazifalari, aholining ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish masalalari haqida so‘zladi.
U o‘z nutqini Prezidentimizning: “Mahalla tinch va ahil bo‘lsa, jamiyatimiz tinch va hamjihat bo‘ladi. Mahalla rivojlansa, butun mamlakatimiz yuksaladi” degan hikmatli so‘zlari bilan yakunladi.
Tadbir davomida Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi N. Bobojonova ko‘rgazmaga qo‘yilgan kitoblar haqida sharh berib o‘tdi.

Video mavjud emas.

Muhim
Ulashing: