14 Yanvar 2026, 10:08

“Milliy armiya- ona yurt qalqonlari, tinchligimiz posbonlari”

Rasmlar

Rasm

Ona yurtimiz har doim o‘zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o‘zi yashayotgan yurt tuprog‘ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan. Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o‘z milliy armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, alp yigitlariga bo‘lgan iftixorini ifodalaydi.
Yangiariq tumani Qo‘riqtom qishlog‘i Madaniyat markazida 14-yanvar-Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab “Milliy armiya- ona yurt qalqonlari, tinchligimiz posbonlari” mavzusida katta tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni tuman hokimi Zafarbek Matnazarov ochib berdi va tadbir ishtirokchilarini bayram bilan samimiy qutladi.
Bayram tadbirida Yangiariq tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Vatan himoyasi- muqaddas burch” mavzusida kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil etildi hamda yangi adabiyotlardan kitoblar targ‘iboti o‘tkazildi.

Muhim
Ulashing: